Murojaatnomani o‘rganishga bag‘ishlandi

Murojaatnomani o‘rganishga bag‘ishlandi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘qib o‘rganish, partiya elektorati va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv -seminari bo‘lib o‘tdi.  Seminarda so‘zga chiqqanlar ma’ruzada bildirilgan dolzarb fikrlar barcha partiya faollari uchun dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.         

-Zamon bilan hamnafas yashab, faoliyat olib bormoqchi bo‘lgan deputat mazkur ma’ruzani qayta-qayta o‘qishi, undagi ustuvor vazifalarni o‘zining faoliyat dasturi deb bilmog‘i kerak, - deydi O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi deputati Abdusalim Mo‘minov. – Bugungi tadbirda faoliyatimizda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ro‘y-rost aytilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Darhaqiqat, xalq deputatlari Kengashlarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va ahamiyati kun sayin yuksalib borayotgan bir paytda biz-deputatlar saylovchilar ishonchini qozonish uchun yanada samaraliroq faoliyat olib borishimiz, xalqning dardini o‘z dardimiz deb bilishimiz kerak. Shiddatkor zamonning ham talabi mana shu. 

     O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1364
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+