Urgutdagi maktablarning 30 foizi ta’mirtalab

12.02.2020, 16:28

Urgutdagi maktablarning 30 foizi ta’mirtalab

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev va G‘ayrat Abdiyev urgutlik saylovchilar bilan uchrashib, parlament faoliyati, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar haqida davra suhbati o‘tkazdi.

Deputatlar tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

- Tumanda xalq ta’limi sohasidagi muammolardan yaxshi xabardorman, - deydi G‘.Abdiyev. – Huddudda 142 ta maktabning 30 foizi ta’mirtalab. Bundan tashqari, 16 ta maktabda o‘quvchilar soni ikki koeffitsentdan oshib ketgan, ya’ni 16 ta maktabda darslar 2 smenada tashkil etilgan bo‘lsa-da, o‘quvchilarning ko‘pligi sababli ushbu muassasalarning qo‘shimcha sinfxonalarga ehtiyoji bor.

Qolaversa, Urgut viloyatdagi e ng aholisi ko‘p tumani bo‘lishiga qaramasdan, joriy yil Davlat dasturiga hududda bittagina maktab binosini qayta qurish rejasi kiritilgan. Vaholanki, viloyatning boshqa tumanlarida joriy yilda 5-6 ta yangi maktablar qurilyapti. Bu masala bo‘yicha ham vazirlikka o‘z takliflarimni bermoqchiman.

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘shimcha bino, 124-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun yangi inshoot qurish bo‘yicha tegishli vazirlik va tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqaradigan bo‘ldi.

Baxtigul QARShIYEVA

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    866
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+