Deputat chiroqsiz mahallaga nur olib kirdi

13.02.2020, 18:16

Deputat chiroqsiz mahallaga nur olib kirdi

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Svetlana Mamutova “Vodnik” shaharcha  fuqarolar yig‘ini  aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosan ijtimoiy soha, ishsizlik muammolar borligi aniqlandi.

Ayni paytda “Vodnik” shaharcha fuqarolar yig‘inida 5 ming 866 nafar aholi istiqomat  qiladi. Mahalla aholisi tomonidan ko‘chalarni yorituvchi chiroqlarning necha yillardan buyon yo‘qligi va uni o‘rnatib berishda amaliy yordam so‘radi.

Bu bo‘yicha deputat shu kunning o‘zidayoq ishga kirishdi. Deputatning tashabbusi bilan Xo‘jayli obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari ko‘chaga yoritish  chiroqlarini  o‘rnata boshladi. Hozirgi kunda 32 ta simyog‘ochlarga chiroqlar o‘rnatildi.

Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan ayrim fuqarolarning uyida ham chiroq yo‘qligi aniqlandi. Xonadonga chiroq o‘rnatib berishda yaqindan ko‘maklashildi. Uy sohiblari deputatdan minnatdor bo‘lishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+