Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning ulug‘ maqsadimizga aylanmog‘i lozim!

15.02.2020, 16:54

Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning ulug‘ maqsadimizga aylanmog‘i lozim!

Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiya illati jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltirishi aytib o‘tildi. Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

Korrupsiyaning ta’lim tizimida uchrashi eng achinarli holatdir. Bu jamiyatni zalolatga boshlaydi, yoshlar qalbini pok saqlashda bizga to‘siq bo‘ladi. Shunday ekan, biz jamoatchilik vakillari sifatida yoshlarning vatanparvar, yurtga sadoqatli va har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga tahdid solayotgan korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashimiz shart va zarur.

Fikrimizcha, davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishda raqamli iqtisodiyotni joriy etish, ommaviy axborot vositalari o‘rnini oshirish va albatta jamoatchilik nazorati tizimini ta’komillashtirish yo‘nalishdagi faoliyatimizning asosi bo‘lmog‘i lozim.

Jamoatchilik palatasini tashkil etish, uning tashkiliy-huquqiy asosini yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat idoralari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini jonlantirishda biz deputatlar oldiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muammolarni o‘rganish va samarali hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratishda alohida yondashuv zarur.

Nodir Jumayev,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    555
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Улуғбек Ишанходжаев - O'zLiDeP Тошкент шаҳар Кенгаши аппарати бўлим мудири2020-02-17 14:57:12

Коррупция давлатни ва жамиятни барқарорлигини тезлаштиради. Охир-оқибат ботқоқликка ғарқ бўлади. Бунда ҳамма соҳалар, яъни иқтисодий, ижтимоий, маънавий ва бошқа соҳалар инқирозга учрайди. Бундай ифлос, тубан иллатларни олдини олиш учун ҳаммамиз масъулмиз. Сиёсий партиялар катта р Бошланғич партия ташкилотлари, электорати, туман, шаҳар Кенгашлари, вилоят Кенгашлари, Сиёсий Кенгаш ҳамда барча турдаги депутатлар ва партия фаоллари, аъзолари ва бошқалар. Шундай армия билан коррупцияга қарши қонун доирасида курашиш катта натижаларга олиб келади. Шунингдек, қонунчиликка ўзгартиришлар киритиш лозим. Коррупция даражасига қараб бутун умрга қамоқ жазосини қўллаш мақсадга мувофиқдир. Қонунлар амалда ишласа коррупцияни пасайтириш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+