Namanganlik deputat bir oy ichida 78 nafar aholini ish bilan ta’minladi

17.02.2020, 14:36

Namanganlik deputat bir oy ichida 78 nafar aholini ish bilan ta’minladi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Olimxon Babaxanov va G‘iyosiddin Babaxanovlar  aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida “Deputat qabulxonasi” tashkil etdi.

Partiya deputatlari xalq ishonch bildirgan kundan boshlab ishga kirishib ketdi. Xalq vakillari mahalla ahlini kichik biznes, ayniqsa uy sharoitida oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, biznesni yuritish bo‘yicha huquqiy maslaxat va tegishli tavsiyalar berib kelmoqda hamda ishga muhtoj qatlamning bandligini ta’minlashga yaqindan ko‘maklashyapti.

Endilikda deputatlar tashabbusi bilan Savdo-sanoat palatasi viloyat kengashining “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi” hamkorligida hududdagi aholi vakillari, ayniqsa yoshlar va ayollarga biznes sir asrorlarini o‘rgatish uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Shu bilan birga yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashlariga ko‘maklashish maqsadida ingliz tili buyicha ham  bepul saboq berib boriladi.

Bundan tashqari, mahallalardagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari nazoratga olinib, moddiy va ma’naviy jihatdan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelinadi.

Yanvar oyi davomida mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga homiylik asosida moddiy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar ko‘magida 78 nafar aholi ish bilan ta’minlandi.

- Maqsadimiz xalqqa yengillik yaratish, - deydi mahalliy Kengash deputati G‘iyosiddin Babaxanov. – Mana bugunning o‘zida 20 nafardan ortiq fuqarolarni murojaatlarini tingladik, ulardan ishga joylashish istagini bildirgan 5 nafari ish bilan ta’minlandi, 5 nafariga moliyaviy yordam ko‘rsatildi.    

Xalq vakillari tomonidan murojaatlarni hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, nazoratga olingan.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    791
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Адхам 2020-02-17 18:06:57

Бу инсонларни кишлок хужалиги сохасидаги ишлари хам тахсинга лойик.


Fikringizni qoldiring

+