O‘zLiDeP ko‘magida “Oltiariq” MChJda 14 nafar ayol ishga joylashdi

17.02.2020, 16:41

O‘zLiDeP ko‘magida “Oltiariq” MChJda 14 nafar ayol ishga joylashdi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” shiori ostida Oltiariq tumanidagi “Oltiariq” MChJda uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur korxonaga O‘zLiDeP deputati Azizbek Ibragimov rahbarlik qiladi. U yerda bugungi kunda 200 nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda. Korxonada asosan, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi bir qator davlatlarga eksport qilinadi.

Tadbir doirasida ishchi xodimlarga Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Shu kuni mazkur korxonaga 14 nafar ayollar ishga qabul qilinib, ularga mehnat daftarchalari topshirildi. Shuningdek, 50 nafar ishchi-ayollar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Shoxsulton To‘xtamatov,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    744
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+