“Yoshlar–kelajagimiz!” jamg‘armasi 2020 yil boyovutlik 13 nafar yoshlarlarga 1 mlrd. 600 mln. so‘m kredit ajratadi

17.02.2020, 17:06

“Yoshlar–kelajagimiz!” jamg‘armasi 2020 yil boyovutlik 13 nafar yoshlarlarga 1 mlrd. 600 mln. so‘m kredit ajratadi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash, Biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Yoshlar-kelajagimiz!” jamg‘armasi Boyovut tumani filiali hamkorligida tumandagi Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kollejida “Yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish – oilaviy biznesni rivojlantirish demakdir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda tumanda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda imtiyozli kreditlar ajratgan holda bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O‘tgan 2019 yilda “Yoshlar–kelajagimiz!” jamg‘armasi Boyovut tumani filiali tomonidan 5 milliard  380 million 300 ming so‘m miqdorida 17 nafar yoshlarga tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘lari ajratilgan. Buning natijasida 110 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan. Bu yil 13 nafar yoshlarga 1 milliard 600 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Davra suhbatidan so‘ng yoshlar “Ahmadiy Shahobiddin” fermer xo‘jaligi tashrif buyurishdi. Fermer xo‘jaligi raisi Ahmadiy Shahobiddin Abduqodir o‘g‘li o‘z fermerligi, erishgan yutuqlari, fermerligining dastlabki bosqichlari to‘g‘risida yoshlarga so‘zlab berdi.

- “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Boyovut tuman filiali orqali 800 million so‘m miqdorida kredit olgan edim, - dedi yosh fermer Shahobiddin. - 2018 yilda Germaniyadan 33 bosh naslli g‘unajinlar olib kelgan edik. Bugungi kunda ularning soni 60 boshdan oshdi. Ayni kunda hududimizdagi bolalar bog‘chasiga har kuni 150 litr sut yetkazib berayapmiz. Xo‘jaligimizda 17 ta doimiy va mavsumiy  ishchi o‘rni yaratilgan.

Kelgusida fermer go‘sht va sutni qayta ishlash kichik korxonasini tashkil etish niyatida yuribdi.

Fermer xo‘jaligida bo‘lgan yoshlar bevosita yosh fermer tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar bilan yaqindan tanishishdi.

Jonli suhbat, amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tgan tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Dilorom Esonova,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    2004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Javohir2021-11-14 16:29:20

Assalomu alekum man avtomoyka biznesni yolga qoymoqchi edm. Wu turdagi bizneslargayam krditlar ajratiladimi ?


Abdurahmon2021-01-28 16:44:44

Men kredit olmoqchi edim.Bizning shofirkon tumanimiz agrar sohada ihtisoslashgan.Lekin shofirkon tumanida agro texnikalarni ehtiyot qismlar bilan taminlaydigan taminotchilar ya'ni ehtiyot qismlarni yetkazib beruvchilar deyarli yõq. Men biznes loyihamga asoslangan holda "Shofirkon texno savdo" brendi ostida katta savdo majmuasini qurmoqchiman va hududimizdagi ishsizlarni va õzim tengi oğaynilarimni ish bilan taminlamoqchiman.Men yaratadigan ish õrin hozircha 8 nafarni tashkil etadi.Men sizlardan shu biznesimni yõlga qõyishda yordam berishingizni sõrab qolaman.tel nomerim: 932955747


Bobur2020-08-07 20:38:48

Man kridit olmoqchi edim chorvochilikni rivojlantirishga partiya tomonidan yoshlarga kridit ajratilopti diyildi shu masala buyicha kimga murojat qilishim kerak +998936613038


Куатбай2020-07-22 15:16:26

Men kredit olmoqchi edim hozirgi karantin Sharoitda kredit berilyaptimi. Oziq-owqat dukoni oshmoqchi edim +998 99 677 4670


Shaxriyor2020-05-27 22:02:02

Men kredit olmoqchi edim hozirgi karantin sharoitda kredit berilyaptimi.uyimizdan buxonka non ishlab chiqarishni yulga quymoqchi edim


Fikringizni qoldiring

+