Xalq vakili norinlik saylovchilar bilan muloqot qildi

17.02.2020, 17:12

Xalq vakili norinlik saylovchilar bilan muloqot qildi

54-Norin saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Zafar Xudayberdiyev joylarda aholi bilan uchrashdi.

Deputat uchrashuvini 2019 yilda "Obod kishloq” dasturiga tushgan Uchtepa qishlog‘idan boshladi.

Muloqot noan’anaviy tarzda tashkil etildi. Xalq vakili hudud qabristonini obodonlashtirish bo‘yicha uyushtirilgan ommaviy hasharda bevosita qatnashdi.

Deputat hashar qatnashchilar bilan “Obod kishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan ibratli ishlar va davom ettirilishi lozim bo‘lgan  masalalar xususida maslaxatlashdilar.

Uchrashuv so‘ngida dastur yakunlarini mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

Shu kuni xalq noibi Zafar Xudayberdiyev Norin tumanidagi Tegirmonboshi mahallasida yashovchi aholi bilan ham uchrashdi.

Suhbat davomida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar mahalliy Kengash deputatlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Yulduz YULDASHEVA,

O'zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    611
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Abrorbek Mamasoliev2020-02-18 14:13:17

Расмни яхши танлабсизлар. Лекин шу расм олинган махаллани бир бориб курмабсизда ака


Fikringizni qoldiring

+