O'zLiDeP deputati qarshilik Zohida Mamatovaga tadbirkor bo‘lishga ko‘maklashdi. 3 nafar tengdoshi ishli bo‘ldi

17.02.2020, 17:16

O'zLiDeP deputati qarshilik Zohida Mamatovaga tadbirkor bo‘lishga ko‘maklashdi. 3 nafar tengdoshi ishli bo‘ldi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda imtiyozli kreditlar ajratgan holda bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yosh tadbirkor Zohida Mamatova ham "Yoshlar-kelajagimiz" jamg‘armasidan 40 million so‘m imtiyozli kredit olib, Qarshi shahrida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

- Kreditni rasmiylashtirishda va qandolatchilik sexini ochishda menga O'zLiDeP Qarshi shahar kengashi deputati Jamshid Rahmonqulov katta ko‘mak berdi, - deydi Zohida Mamatova. – Eng quvonarlisi esa 3 nafar Qarshi shahrida yashovchi xotin-qizni ish bilan ta’minladim. Kelajakda faoliyat turimni yanada kengaytirib, tadbirkorlikni boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishni maqsad qilganman.

Ayni paytda sexda tayyorlanayotgan shirinliklar peshma-pesh savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda. 

  O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    684
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+