O‘zLiDeP deputatlik guruhlari ishtirokidagi o‘quvlar davom etmoqda

18.02.2020, 16:39

O‘zLiDeP deputatlik guruhlari ishtirokidagi o‘quvlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP hududiy kengashlari tomonidan davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida yangi saylangan deputatlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. 

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan partiya deputatlik guruhlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Murojaatnomaning ahamiyati, deputatlar oldidagi mas’uliyat va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.         

O‘quv-seminar faqatgina ma’ruza bilan cheklanib qolmay, amaliy mashg‘ulotlar shaklida ham o‘tkazildi. Ishtirokchilarga ma’ruzalarda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ham guruhlarga bo‘lingan holda sinab ko‘rish imkoniyati yaratildi.

Mashg‘ulotlar davomida “Deputatning huquq va majburiyatlari”, “Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari”, “Deputatning ish rejasi”, “Deputatning saylovchilar oldida hisoboti” kabi mavzularda qizg‘in bahs-munozaralar orqali deputatlarning bilim va malakalari yanada oshirildi.

- Saylovchilar bizga ishonch bildirib ovoz bergan ekan, albatta ularning ishonchini oqlashimiz kerak. Har bir murojaatlar bo‘yicha bosh qotirishimiz lozim, ularning yechimi bo‘yicha oxirigacha kurashimiz shart. Shundagina fuqarolarimizning biz deputatlarga bo‘lgan ishonchi yanada ortadi, - deydi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari M.Beknazarova.

Seminar ishtirokchilari deputatlik nazoratini amalga oshirish usullari, deputatlik so‘rovi, aholi bilan muntazam muloqot olib borish, odamlarning haqiqiy yashash sharoiti bilan tanishish, murojaatlarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganligini qayd etdi.

Seminar davomida yuqoridagi masalalar bo‘yicha fikr va takliflar tinglanib, istiqboldagi ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна 2020-02-21 10:53:44

Партиямиз ва партиямиздан сайланган депуталаримиз иштирокида утказилаетган укув семинарига катнашган хар бир киши билганидан билмагани куп эканлигига омин булари сузсиз. Семинарларда фикр олмашишлар таклифлар топшириклар ва вазифалар белгиланмокда. Бул албатта ишниниг саморадорлигини оширади.


Fikringizni qoldiring

+