Deputat ko‘magida yakkatolliklar ichimlik suvi bilan ta’minlandi

25.02.2020, 15:27

Deputat ko‘magida yakkatolliklar ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Sardor G‘iyosov aholini muammolarini o‘rganib, yechim izlash maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Xalq vakili Mingbuloq tumanidagi 7 umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashdi. Mazkur bilim dargohida na’munali xulq-odobi va a’lo o‘qishlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan 3 nafar o‘quvchi yoshlarga “Deputat stipendiyasi” joriy qilindi. Ushbu dargoh kitubxonasini yanada boyitish maqsadida o‘quvchi yoshlar uchun badiiy kitoblar taqdim qilishini aytib o‘tdi.

Uchrashuvlar dovomida Mingbuloq tumanidagi Yakkatol mahallasida yashovchi aholidan ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashish borasida murojaat kelib tushgan edi. Mazkur masala yuzasidan qishloq oqsoqollari ishtirokida soha mutasaddilari bilan o‘zaro suhbat o‘tkazildi, tuman mutasaddilari ichimlik suvini tez fursatda yetkazib berilishiga va’da berdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan xalq murojaati o‘z yechimini topdi, qishloqqa toza ichimlik suvi tortib kelindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengash

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    678
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+