O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barnoxon Mirzamova uychiliklar muammolarini o‘rgandi

25.02.2020, 16:35

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barnoxon Mirzamova uychiliklar muammolarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barnoxon Mirzamova Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda undagi ustuvor vazifalarni aholiga keng targ‘ib etish maqsadida o‘z saylov okruklarida uchrashuvlar tashkil etmoqda, saylovchilar murojaatlarini o‘rganmoqda.

Uychi tuman Xojiobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan muloqotda keksa oqsoqollar, yoshlar va xotin-qizlar qator muammo va takliflarini bildirib o‘tishdi.

Xususan, aholi tomonidan Obihayot va Gulshan ko‘chalarini shag‘allashtirish masalasida amaliy yordam so‘ralgan bo‘lsa, Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro R.Xaydarova hamshira kelinini ish bilan ta’minlash borasida ko‘mak so‘radi.

Partiya deputati shu kabi aholi tomonidan bildirilgan bir qator ijtimoiy muammolarni ham batafsil tingladi, bu bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga o‘z vaqtida yechim topib berishini talab qildi va o‘z nazoratiga oldi.

Shundan so‘ng, Uychi tuman Churtuk mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi vakillari, mutasaddi rahbarlar, mahalliy kengash deputatlari  ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, sohaga oid taklif va mulohazalar yuzasidan fikr almashildi.

Deputat aholi tomonidan qilingan murojaatlarni yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborib, ijrosini nazoratga oldi.

Yuduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    896
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+