Deputatlar poytaxtdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi

25.02.2020, 18:42

Deputatlar poytaxtdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi vakillari, shahar va tuman kengashlari deputatlari A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar holidan xabar olishdi.

Partiya vakillari ushbu Mehribonlik uyi o‘quvchi yoshlari foliyati bilan yaqindan tanishib, ular bilan dildan suhbat qurishdi.

- Vatanga munosib avlodni tarbiyalash, yoshlarga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yoshlarni yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning ta’lim olishi, intellektual salohiyat egalari bo‘lib voyaga yetishi uchun sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi, - deydi Toshkent shahar kengashi raisi Iskandar Rafikov. – Ayniqsa, mehribonlik uylari va ularning tarbiyalanuchilari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan bo‘lib, yoshlarning salohiyatli va zukko bo‘lib voyaga etishida e’tibor yanada kuchaygan. Bugun biz partiya vakillari va deputatlar bilan yoshlar bilan o‘zaro fikr almashdik, ularning taklif va tashabbuslarini tingladik. Ularning ko‘nglini ozroq bo‘lsada ko‘tarishga harakat qildik.

Deputat va o‘quvchilar o‘rtasida savol–javoblar bo‘lib o‘tdi. Partiya vakillari tomonidan Mehribonlik uyiga 111 ta o‘zbek va rus tilida chop etilgan ilmiy, badiy kitoblar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+