Boyovutliklar uchun yangi uy-joylar barpo etiladi

26.02.2020, 15:01

Boyovutliklar uchun yangi uy-joylar barpo etiladi

Boyovut tumanidagi “Ma’naviyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ziynat”, “Ijodkor” mahallasidagi “Ijodkor”, “Islomobod” ko‘chasidagi ikki qavatli, 18 xonadonli uylar 1956 yilda qurilgan. Bu ko‘p qavatli uylarning birida 72 nafar, ikkinchisida 45 va 53 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ammo bu imoratlar bugungi kunga kelib eskirib, uylardagi zaxlik miqdori ortgan. Bu esa aholi uchun birmuncha noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Hududdagi ahvolni, aholining yashash tarzini o‘rgangan viloyat Kengashi deputati, Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev tomonidan uch oy muddat ichida bu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun yangi uy-joylar barpo etilib, ularni yangi uylarga ko‘chirish belgilandi.

Shuningdek, Boyovut tuman kengashi deputati Asqarali Odilov hamda O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi apparat rahbari Manzura Dadayevalar ham kuni kecha hududdagi aholi bilan uchrashib ularning bugungi kundagi muammolarini o‘rganishdi.

Ular uy boshilari Rashida Badalova, Ra’no Soylarning aholini yangi uy-joylarga ko‘chirish tartiblari, eski uy-joylarga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori, uy-joylar to‘lovlari bo‘yicha berilgan savollariga javob berishdi. Shuningdek, bu yerda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining muammolari o‘rganilib, ularga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.

Dilorom Esonova,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    737
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+