O‘zLiDeP deputati aholi murojaatlariga befarq rahbarlarni tanqid qildi

26.02.2020, 16:14

O‘zLiDeP deputati aholi murojaatlariga befarq rahbarlarni tanqid qildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Mirzo Ixtiyorov Urgut tumani Jozmon mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida mahalla faollari hududdagi mavjud ikkita suv inshooti ham keyingi 2-3 yillarda ishlamayotganligidan shikoyat qilishgan edi.

Murojatchilar mahalladagi 6500 dan ortiq aholi qo‘lbola suv quduqlaridan foydalanish oqibatida hududda turli yuqumli kasalliklar tarqalishidan havotirda ekanligini bildirgan. Chunki suv filtrlanmagan.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat Mirzo Ixtiyorov Samarqand viloyat uy–joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Samarqand viloyat “Suvoqova”DUK rahbariga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

Unga javoban mutasaddi tashkilot vakillari masalani joyiga borib o‘rganganligi, Jozmon MFYdagi 2 ta suv inshooti haqiqatdan ta’mirtalab ekanligini qayd etgan.

Mazkur muammoni 2020 yilda hal etish, suv inshootlarini rekonstruksiya qilishni rejaga kiritish va moliyalashtirish yuzasidan viloyat “Suvoqova” DUK tomonidan viloyat hokimligi va viloyat Moliya bosh boshqarmasiga xat bilan murojaat qilinganligini bildiradi.

Boshqa so‘rovlariga ham shu kabi javoblarni olgan deputat befarq mansabdor shaxslarni tanqid qildi.

- 2020-yilning yanvar-fevral oylarida Urgut tumanidagi Jozmon, Jo‘raptepa, Beshkapa MFY larida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda aholidan kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatlar yuzasidan 15 ta tashkilotga deputatlik so‘rovi yo‘lladim. Bugungacha shulardan 3 tasiga javob keldi. “Masalani hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga xat yubordik, muammoni o‘rganib, kelgusi yil dasturlariga kiritish ko‘rib chiqiladi”, mazmunida javoblar kelmoqda. Bunday javoblar meni xalq vakili sifatida qoniqtirmaydi. Vaholanki, eng dolzarb muammolar bo‘yicha so‘rovlar chiqarilgan, - dedi M.Ixtiyorov- “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga binoan deputatlik so‘roviga 10 kun ichida javob berilishi lozimligidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasida deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish, yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarlikka tortilishi belgilanganligidan mutasaddilar xabardormikin?!

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1087
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Meliqulov.ulugbek.Farxodovich 2020-05-15 09:14:19

O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718


Hamroyev G'ofir2020-02-26 16:52:52

Mirzo Ixtiyorov deputat-xalq vakili sifatida dolzarb masalarni ko'taribdi. Rahbarlar e'tiborga olishi kerak.


Fikringizni qoldiring

+