O‘zLiDeP deputati bemorga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatdi

26.02.2020, 17:18

O‘zLiDeP deputati bemorga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatdi

O‘zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi deputati Davron Nurullayev bir necha yildan buyon og‘ir xastalik bilan kurashib kelayotgan bemorga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda yordam ko‘rsatdi.

Tatyana Panaitova tumanning eng chekka hududi Istiqbol mahalla fuqarorlar yig‘inida istiqomat qiladi. 27 yoshni qarshilagan Tatyana besh yildan buyon og‘ir xastalik bilan kurashib kelayapti.

- Oyog‘imning boldir qismi temir qisishi oqibatida yara bo‘lgan edi. Tuzalish o‘rniga yara kattalashib, chuqurlashib borayapti. Deputat Davron Nurullayev bir necha bor holimdan habar olib, dori-darmon olishimga ko‘maklashdi. Boshimda otam yo‘q, yolg‘iz onam bilan istiqomat qilaman. D.Nurullayev jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun homiy topdi.

Tatyanada homiylar yordamida poytaxtda jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, uyiga qaytdi. Hozirgi kunda uning ahvoli birmuncha yaxshi. U deputatning beminnat ko‘magidan minnatdor.

Shuningdek, deputat Davron Nurullayev Istiqbol mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Hududdagi
16-umumta’lim maktabida bo‘lib a’lochi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga kitob hamda o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Dilorom Esonova,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+