Tadbirkor ayolning ezgu maqsadlari

04.01.2018, 12:01

Tadbirkor ayolning ezgu maqsadlari

Muxtaram Prezidentimiz Oliy Majlis palatalariga taqdim qilgan  murojaatnomasida barcha sohadagi yutuq va kamchiliklar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xaqida to‘xtalar ekan, tadbirkorlik sohasiga ham aloxida e’tibor qaratdilar.

Xususan, 2018-yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi biz tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta.

Darhaqiqat, murojatnomada ta’kidlanganidek, tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, yuqori texnologiya va ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarini mamlakatimizga olib kelish, kerak bo‘lsa biz tadbirkorlarning xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishimiz  hamda o‘zaro hamkorlik qilishimiz uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, bizlarning chet el tajribalarini o‘rganish asosida paydo bo‘lgan  yangi g‘oya va innovatsion texnologiyalarni yurtimizga olib kirishi uchun yangi-yangi imtiyozlar yaratilishi mumkinligini jon qulog‘im bilan  tingladim.

Bu kabi imkoniyatlar menga o‘xshagan o‘zining mustaqil tadbirkorligini kengaytirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ish faoliyatini jonlantirishga  yanada shijoat bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman.

Prezidentimizning ushbu murojatnomasida biz tadbirkorlarga bildirilgan ishonchi va imkoniyatlaridan ruhlangan xolda o‘z faoliyatimni kengaytirgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida yog‘ va yog‘ mahsulotlaridan kosmetologik vositalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari yaratib, xususan ishsiz yurgan 20 nafar vohamizning xotin-qizlarini ish bilan bandligini ta’minlashni asosiy maqsad qilib oldim.

Risolat PARTAYEVA

Surxondaryo viloyatidagi

“Shuxrat-1” xususiy korxonasi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1788
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+