Qo‘rg‘ontepada tadbirkor ayollarning muammolari o‘rganildi

04.01.2018, 12:08

Qo‘rg‘ontepada tadbirkor ayollarning muammolari o‘rganildi

O‘zLiDeP  Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashidagi “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” a’zolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  “Tadbirkor ayol-oila suyanchi” mavzusida tashkil etilgan mazkur tadbirda tumandagi ishbilarmon, fermer ayollar, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tuman bo‘limi hamda qator BPT raislari ishtirok etdilar.

- “Ayollar qanoti”ning faoliyatini ommalashtirish, partiya safiga faol tadbirkor va fermer ayollarni keng jalb qilish, ularning faoliyatida uchraydigan muammo va kamchiliklarni partiyaviy vositalar orqali hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etgan holda hal etish maqsadida tuzilgan ushbu guruhda endilikda o‘z muammolarimizga oson yechim topishga ishonamiz, - deydi “Chimyon kumush tolasi” MChJ rahbari Ravshanoy Oboxunova. –Bugungi davra suhbatida men ham faoliyatimni kengaytirish maqsadida bo‘sh turgan bino ajratilishi masalasida murojaat qildim. Agar tez kunda muammoim hal bo‘lsa, pilla xom ashyosini kayta ishlash orkali  adras-atlas matolari ishlab chikarishni yo‘lga ko‘yaman. Bu borada guruh mutasaddilari amaliy ko‘mak berishlarini aytdilar.

Shuningdek, tadbir davomida tadbirkor Sayyora Xayitovaga metall buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirishi uchun, hunarmand Muborakxon Darvishevaga “Milliy liboslar” MChJ faoliyatini kengaytirishi uchun kredit olishlariga ko‘maklashish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Xurriyatxon Abdurasulova,

O‘zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+