Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz – yoshlar!

05.01.2018, 17:31

Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz,  hal qiluvchi kuchimiz – yoshlar!

Bugungi kunda O‘zLiDeP tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlar ishtirokini ta’minlash, deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan o‘tgan 2017 yil davomida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi. 

- mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, qonunlarning hayotga tadbiq etilishida ularning rolini kuchaytirish;

- iqtidorli, faol yoshlarni izlab topish, ularning ijtimoiy-siyosiy va kasbiy jihatdan tayyorgarligini oshirish, bunday yoshlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash ishlarida partiya “yoshlar qanoti”ga qo‘maklashish;

- siyosiy partiyalar faoliyatiga qiziqadigan yoshlarga partiya faoliyati, ularning maqsad va vazifalari xaqida batafsil ma’lumotlar berish;

- yoshlar orasidagi dolzarb bo‘lgan muammolar hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida uchrayotgan to‘siqlar va ularni qonuniy bartaraf etish borasida muhokamalar olib borish.

Xususan, o‘tgan yil davomida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida 150 dan ortiq loyihalar, uchrashuvlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, ushbu tadbirlarda  16 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Jumladan, “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovi, “Xavfsiz internet”, “Parlamentda mening o‘rnim” loyihalari yuqori saviyada tashkil etildi va “Yosh liberallar” klubi faoliyati namunali tarzda yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, viloyat Kengashi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularda kitobga mehr uyg‘otish maqsadida Quva, Furqat, Beshariq, Rishton va So‘x tumanlarida “O‘zLiDeP kutubxonasi” tashkil qilindi.  

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish bo‘yicha faollik bilan ish olib boradi.

 Abror Otaboyev,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1701
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+