Murojaatlar joriy yilda ham e’tibordan chetda qolmaydi

06.01.2018, 11:29

Murojaatlar joriy yilda ham e’tibordan chetda qolmaydi

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi bilan bevosita yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish, ayniqsa eng chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil qilish va ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar orqali yoki ayrimlarini o‘z joyida hal etishda O‘zLiDeP hududiy kengashlari va deputatlik guruhlari faollik ko‘rsatdi hamda ijobiy natijalarga erisha oldi.

 O‘tgan yili birgina O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” bo‘limiga 622 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 171 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida, 80 tasi fermer xo‘jaliklariga oid, 169 tasi moliya va bank, 3 tasi huquqiy, 188 tasi ijtimoiy sohadagi murojaatlardir. Ularning 250 tasi qanoatlantirilgan, 301 tasi tegishli vakolatli idoralarga yo‘naltirilib, 62 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

- Inson dunyoga bir marta keladi, - deydi bo‘lim mudiri A’zam Sa’dullayev. - Uning go‘zal hayot kechirishini ta’minlashga ko‘maklashish dasturiy maqsadlarimizda aniq ifoda etilgan. Shu o‘rinda joylardagi mutasaddilarga o‘z faoliyatlarini biroz tanqidiy-tahlil etgan holda ishga mas’uliyat bilan yondoshish fursati kelganligini eslatib qo‘yishni joiz deb bilayapmiz. Aholining ijtimoiy ahvoli, murojaatlarini chuqur o‘rgangan holda muammolarni joyida yechim topishida bor kuch-g‘ayratlarini sarflamas ekanlar, noroziliklar yuzaga qalqib chiqaveradi. Bugun tafakkur uyg‘ondi, odamlar hayotga teran nigoh bilan qaramoqdalar. Ularni ezgu ishlar, yaratish va yangilanishlar sari boshlash partiyamiz faollari oldida turgan eng dolzarb vazifadir. Ana shundagina yurtdoshlarimizning davlatga, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtiroki ortadi. Amaliy ishlar partiyamizning jamiyatda nufuzini yanada oshirib, g‘oyalarimizni xalq orasida mustahkam o‘rin olishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Partiya mas’ul xodimlari, faollar va deputatlar, mahalliy ijro hokimiyati va boshqa mutasaddi tashkilotlarni jalb etgan holda vohaning 9 ta hududida 11 marotaba sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolardan 90 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyati bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suv, elektr va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, bank-kredit masalalarida bo‘lib, 30 dan ortiq murojaat uchrashuvlar davomida ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan partiya deputatlik guruhlari tomonidan mutasaddilarga so‘rovnomalar yuborildi.

                O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1587
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+