Xususiy bog‘chalar uchun imtiyozlar

06.01.2018, 16:59

Xususiy bog‘chalar uchun imtiyozlar

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu bois, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan mazkur sohani tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar ko‘nglidagi orzularni amalga oshishiga xizmat qiladigan muhim hujjatlar qabul qilinmoqda. Natijada mazkur sohadagi islohotlar har bir oilga kirib bormoqda.

Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.

Bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasining tashkil etilishi, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi farzandlarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi deyish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, joriy yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilib, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.  Kelgusi yilda ushbu sohadagi ishlar davom ettirgan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurish, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarish rejalari belgilab olindi.

Ayniqsa, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishini  haqidagi  fikrlari  halqimiz, jumladan tadbirkorlarni ruhlantirib yubordi. Bu bir tomondan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyat bo‘lsa, pirovardida xalq manfaati ko‘zlangan. Zero, xususiy bog‘chalar uchun davlat tomonidan beriladigan har bir imtiyoz ota-onalar uchun to‘lov vznoslarining arzonlashishiga olib keladi.

Ushbu mexanizm O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 991-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun Davlat budjetidan 21,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi, ta’lim bo‘yicha global hamkorlik granti – beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2018 yilda  maktabgacha ta’lim muassasalari uchun jami 2 453,0 ming AQSh dollorlik tovar va xizmatlar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahridan tashqari QQR, barcha viloyatlar va tumanlar, shaharlarda investitsiya shartlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda binolarning berilishi hada xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 2023 yil 1 yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovning 50 foizi davlat budjeti hisobidan to‘lanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Nodavlat ta’lim muassasalari uchun berilayotgan bu kabi imtiyozlar farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va sog‘lom o‘sishini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Biz deputatlar ta’lim sohasidagi dasturiy vazifalarimizdan kelib chiqib, o‘z vakolatlarimiz doirasida qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab, o‘rganishlar olib borish, mavjud muammolarning ijobiy hal etilishida ko‘maklashish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini xalqqa yetkazishga mas’ulmiz.

 

O.JAMOLDINOVA,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    10131
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Султонбек2022-02-25 10:16:11

Шуни киска килиб йозилсаям боладику.


Бек2022-02-17 21:15:15

Саволларга жалоб куринмаяпти


Дилдора Халкназарова2021-06-26 12:28:51

Мен хам хусусий бохча очмокчиман. Давлат томонидан хаммага кулай булган худуд ва фоизсиз кредит олсам буладими.


Жахон2021-01-12 10:19:12

Ичимлик ва окова сув хизматлари учун туловлар кандай тартибда тулайдилар


Мунаввар2020-12-31 01:54:10

Кредит олишим керак уй богча очиш учун


Мунаввар2020-12-31 01:49:37

Хусусий богча очиш учун кредит олса буладими


Абдуллаева Мафтуна Сахобуддин кизи2020-12-17 10:48:37

Мен махаламизда уйимизни ёнида участкага богча куриб очмокчиман менга шу богча куришимга кандай имтиёзли кредит олсам булади. Яшаб турган уйимдан хозирча очсам янгиси куриб битиргунча шунга мебелларг кредит олсам буладими канча берилади ва фоизи канча булади. Узим ТОЧПИда мактабгача таълим йуналишида укиман


Уктам2020-09-13 21:40:12

Мен уз хисрбимдан уй богча очмокчи эдим 2019 йил декабр ойида булунгур туман мактабгача талим идорасига хужжат топширишга юордим шунаканги тускинлик килишди зурга топширдим мудира билан маслахат килмокчи эдик уни идорада умуман учрата олмадим качон борса йигтлишда дейди йорачилари одам билан тугри гаплашмайди муомила маданяти умуман йук 9 ой утди хужжат тошкетга жунатганмиз вазирликдан жавоб келмаяпди дейди конунан 10кун ичида вазирлик жавоб бериш керакку куз буйямачиликни ким киляпди вазирликми йоки тумандагиларми чекка кишлокда яшаймиз болажонларга хамма шароид килганмиз идорадагилар юиздан европа стандартларини талаб киляпди чекка кишлокда кандай европа стандарти акилга сигадтми атрофтмизда биронта болалар богчаси йок 9ойдан бери ота оналар богча очилишига ишониай куйди 9 ойдан бери идорадагилар биронтаси келиб куриб хам кетмади чекка кишлок болаларининг богчаларга бориш хакки йокми кани хакикат конунбузарларни ким назорат килади ,


Севара2020-09-02 21:30:13

Мен шахсий богча учун бинойим деярли тамирдан чикти. Богчанинг рахбарига кандай хужатлар керак ва нима ларни билиши лозим.


Хафиза2020-05-29 15:18:50

Мен хусисий богча очмокчиман. Мени уйимни орка тарафи каровсиз.шу ерни тамирлаб 1та ясли, 1та Кам таминлангалар учун,1та математика фанига,1та араб ва рус тили фанига ихтисослаштирилган богча ташкил килсам Кам таминланганларни группасини уз хисобимдан озик овкат билан таьминласам.Мен кредит олиш учун шу масала буйича кимга мурожат килсам булади


Fikringizni qoldiring

+