Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan O‘zLiDeP sayyor qabullarida 213 murojaat hal qilindi

08.01.2018, 17:09

Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan O‘zLiDeP sayyor qabullarida 213 murojaat hal qilindi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi o‘tgan 2017 yilda viloyatning barcha  hududlarida sayyor qabullar tashkil etdi. Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan 267 ta murojaat kelib tushdi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalarida 32 ta, fermer xo‘jaliklari faoliyatiga doir 20 ta, bank, moliya va kredit ajratish masalasida 20 ta, huquqiy yo‘nalishda 18 ta va ijtimoiy sohaga oid 177 ta murojaat muhokama etildi.

Aholi tomonidan yo‘llangan har bir murojaat O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlari va deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Xususan, murojaatlarning 213 tasi sayyor qabullar jarayonida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 5 ta murojaat assosiz bo‘lganligi uchun rad etildi. 37 ta murojaat tegishli idoralarga yo‘naltirilgan bo‘lib ularning natijasi nazoratga olindi. Ayni vaqtda esa 12 murojaat yechimi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi sayyor qabularni joriy 2018 yilda ham davom ettirish rejalashtirilgan. O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi ana shunday qabullar orqali aholining partiyamizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashni faoliyatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblaydi.

Ziyoda QODIROVA,

O‘zLiDeP  Surxondaryo  viloyat

Kengashi  xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+