O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti ochildi

08.01.2018, 18:48

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti ochildi

Kuni kecha O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti ish boshladi.

– Korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlarimiz yoshlarni birlashtiruvchi quyi organdir, – deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Ilhom Bobomurodov. – Ushbu boshlang‘ich tashkilotlarni ochishdan asosiy maqsad yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan iste’dodli va iqtidorli yigit-qizlarni tarbiyalash hamda yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga partiyaning Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Zebiniso Saparova nomzodi maqullandi.                                                                                                            

    Murod  EShNAZAROV

O‘zLiDeP Curxondaryo viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2593
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+