Islohotlar bardavomligida barchamiz mas’ulmiz

09.01.2018, 15:45

Islohotlar bardavomligida barchamiz mas’ulmiz

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan  videoselektorda deputat, tadbirkor  sifatida ishtirok etib, mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odil islohotlardan juda g‘ururlandim. Viloyatdagi har bir sohaga sinchkovlik bilan qaratilayotgan e’tibor aholiga ham manzur kelmoqda. Buni ularning yuz-ko‘zidan anglash qiyin emas.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida viloyatda oqsoqlanib qolgan sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimiga alohida to‘xtalib, mavjud maummolarni hal etish yo‘lida oliy ma’lumotli pedagog xodimlarni ko‘paytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari qoshida sirtqi bo‘limlar ochilganligini,  qabul o‘rinlarining ko‘paytirilganligini, chet eldan ekspress o‘qitish metodikasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlab o‘tdilar. Bu esa bizni juda ham quvontirdi.

Shuningdek, muxtaram yurtboshimiz bugungi kunda tadbirkorlik borasida olib borilayotgan keng isloxatlar to‘g‘risida to‘htalar ekanlar, tadbirkor sifatida shuni his qildimki, soha rivoji yo‘lida berilayotgan imkoniyatlar bizga mustahkam qanot bo‘lib, o‘z faoliyatimizni yanada rivojlantirishga zamin bo‘lmoqda. Yurtboshimizning “Har bir tadbirkorning ortida men turibman”, degan so‘zlari meni ham ruxlantirdi va o‘z oldimga 2018 yilda kamida 5 ish o‘rni yaratishni maqsad qildim.

Uchrashuvda Prezidentimizning ma’ruzalarini tinglab shunday xulosaga keldim, hozirgi shiddatli zamonda, deputat sifatida juda sustligimiz ko‘rinib qolmoqda. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni mukammal darajada ado etish uchun faol bo‘lishimiz, xalq bilan yanada yaqinroq muloqotda bo‘lishimiz, ularni muammo va takliflarini o‘rganishimiz, jamiyat rivoji va aholi turmush darajalarini yanada yaxshilash borasida yangi g‘oyalar, takliflar bilan chiqishimiz zarur.

Qolaversa, Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan yangi qaror, farmon va farmoyishlarning ijrosini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishimiz, bu boradagi mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz zarur, deb o‘ylayman.

Xolbayeva Gulnoza,

Xalq deputatlari Olmaliq shaxar

Kengashidagi partiya guruhi a’zosi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1272
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+