Prezidentimiz tashrifi zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirdi

09.01.2018, 16:00

Prezidentimiz tashrifi zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirdi

Yurtboshimishiz bu yildagi ilk tashriflarini Toshkent viloyatidan boshlaganlari va xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashib, viloyatimizga yetakchi raxbar tayinlaganlari hamda deputatlar ish jarayonini jonlashtirish borasida  belgilab bergan  vazifalari biz – deputatlarning zimmasidagi mas’uliyatni ikki karra oshirdi.

Tanqidiy tahliliy ruhda o‘tgan sessiyada davlatimiz rahbari Toshkent viloyatini iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish, aholiga qulay shart-sharoit  yaratish masalariga alohida e’tibor qaratdi. Viloyatda o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muhim vazifalar mavjudligi va hududda mavjud imkonoyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotgani qattik tanqid qilinib, deputatlar bu muommolar yechimiga diqqat etiborlarini qaratishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda qatnashgan har bir deputat iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish, zamonaviy infratuzilmalarni rivojlantirish, yer maydonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri fermerlarga hech qanday to‘siqlarsiz berish, zamonaviy korxonalarni tashkil  qilish, aholini ish bilan ta’minlash, xususiy sektor faoliyatini yanada jonlantirish kundalik vazifasi ekanini yana bir karra angladi. Belgilab berilgan vazifalar ijrosi, davlatimiz rahbari olib borayotgan bunyodkorlik ishlariga ko‘makdosh bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish bu yilgi faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi.

Eng muhimi, amalga oshirayotgan ishlarimizning natijasini fuqarolarimiz amalda, o‘zlarining kundalik hayotida sezishi kerak. Zotan, Prezidentimiz aytganidek, odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi.

Olimjon ISAKOV,

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1584
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+