Aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam

09.01.2018, 16:39

Aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga bo‘lgan tashrifi, shubhasiz viloyatning gullab-yashnashi va taraqqiy etishi yo‘lida qilingan sa’yi-harakatlarning bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining bir nechta tumanlarida bo‘lib, u yerlarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, tumanlarning eksport salohiyatini oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini jadal rivojlantirish, klasterlar tashkil qilish, odamlarni ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida kommunal sohani, jumladan uzluksiz energiya yetkazish loyihalarini ishga turish, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan yaxshilash va maktabgacha ta’lim muassasalarini sonini va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari, mutassadi tashkilot rahbarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga yuklatilgan ulkan vazifa bo‘libgina qolmasdan, balki Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini tubdan o‘zgartirish va jadallashtirish nechog‘liq muhim ekanligini namoyish etdi.

Darhaqiqat, biz deputatlar bugun xalq vakili sifatida, aholi yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yuksaltirish va Yurtboshimiz aytganlariday, xalqning roziligini olish uchun tinimsiz mehnat qilishimiz darkor. Albatta, buning uchun Mahalliy Kengash deputatlari, Mahalliy budjet parametrlari, kichik sanoat zonalarini takshil qilinishiga qaratilgan loyihalar, tuman aholisini toza ichimlik suvi, uzluksiz energiya bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish orqali xalqimiz darsturxonini oziq-ovqat maxsulotlari bilan boyitish singari masalalar taqdiri bilan doimiy ravishda qiziqib, ushbu yo‘nalishlarda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirgan holda, Mahalliy Kengash raisiga yelkadosh, ko‘maklashuvchi kuch sifatida xizmat qilishimiz zarur. O‘ylaymanki, bugun har bir deputat Davlat rahbari uning oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun bor kuchini safarbar etishga tayyor turibdi.

Sherzod Salihov,

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati,

O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1547
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+