“Roison Home White Goods” korxonasining 12 nafar xodimi O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

09.01.2018, 17:22

“Roison Home White Goods” korxonasining 12 nafar xodimi O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

Kuni kecha Jizzax shahridagi “Roison Home White Goods” korxonasida “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini kuchaytirishda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” ning roli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat va shahar Kengashi xodimlari, korxona ishchilari, partiya loyihalarida ishtirok etib, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yosh tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar korxonaning mahsulotlarni yig‘ish va tayyorlash, tayyor mahsulotlarni tozalash, tayyor mahsulotlarni qadoqlash sexlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunida korxonaning 12 nafar xodimi partiya safiga qabul qilindi.

                  Saida UMARALIYEVA,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

                                                                                                                            Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1421
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+