Tomorqachilarga partiya ko‘magi

06.11.2017, 17:09

Tomorqachilarga partiya ko‘magi

Tomorqa yerlaridan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani el dasturxoni to‘kinligining kafolatidir. Mazkur yo‘nalishda partiyamiz tizimli ishlarni amalga oshirayotgani e’tiborga molik. 

Yaqinda partiya Surxondaryo viloyat Kengashi sa’y-harakatlari bilan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida Uzun tumanida ish yuritayotgan “Surxon zamini ne’matlari” agrofirmasida o‘quv-seminar tashkil qilindi. Unda mazkur korxonadagi  boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan oilalar ham ishtirok etdi. Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan uzum yetishtirish, saqlash va eksport qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bog‘dorchilik, xususan, uzum yetishtirishda uchraydigan ayrim kamchiliklar tahlil qilindi, muammolar aytildi, turli mulohazalar o‘rtaga tashlandi. O‘zaro fikr almashinuvlar tarzida kechgan tadbirda toklarni sovuqdan asrash, kasallik­larni bartaraf qilish, eksportbop mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha mufassal  ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga agrofirma xodimi, BPT yetakchisi Abdurahmon O‘ljayev javob berdi.

Mutaxassislar va ishtirokchilar kunning ikkinchi yarmida “Mehroj” xususiy korxonasiga qarashli intensiv bog‘da bo‘lishdi. Mazkur korxonadagi BPTga biriktirilgan A. Yangiboyev eron pistasi va bodomzorlarni tashkil qilmoqchi ekanini, biroq yer olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirdi. Masala joyida o‘rganilgach, viloyat Kengashiga partiyamizdan saylangan deputat Qurbon Shukurovning yordami bilan A. Yangiboyevga lalmi maydondan 20 gektar yer ajratilishiga oid hujjatlar rasmiylashtirilishi boshlandi.

Tadbir qatnashchilari bir necha fermer xo‘jaligi dalalariga ham borishdi. Fidokorona mehnati bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatayotgan bir guruh paxtakorlarga partiyaning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

“XXI asr”

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2067
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Javlonbek2018-07-18 10:59:47

Yaxshi inson kop odamga yordami teygan


Fikringizni qoldiring

+