Prezident zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi

10.01.2018, 17:38

Prezident zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. 

Ushbu zamonaviy mahsulotlar davlatimiz rahbarining qaroriga asosan "O‘zelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta’minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+