“Tadbirkorlar akademiyasi”ni tashkil etish taklifi bildirildi

10.01.2018, 18:22

“Tadbirkorlar akademiyasi”ni tashkil etish taklifi bildirildi

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng o‘rganish va undan kelib chiquvchi Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi oldidagi ustivor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ana shunday taklif bildirildi.

—Murojaatnomada 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan yurtimizda soha rivoji uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratish, ayniqsa, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni olib keladigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi, - deydi Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi H.Abdulazizov. —Prezidentimizning mazkur ma’ruzalaridan ruhlanib, xorij tajribasini puxta o‘rgangan holda mamlakatimizda “Tadbirkorlar akademiyasi”ni tashkil etish taklifini hukumat darajasiga olib chiqishni maqsad qildik. Bu yurtimizda tadbirkorlarni birlashtirishga va eng asosiysi iqtisod, biznes hamda zamonaviy innovatsiyalar yo‘nalishidagi bilim va malakalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan faol tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ham hududni rivojlantirish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash barobarida shaharni yanada rivojlantirish dasturiga Yangiobod shaharchasini “Yangiobod turizm zonasi”, deb e’lon qilish taklifini kiritsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi, - deydi “Angren lend” xususiy korxonasi rahbari A.Begmatov. —Bu o‘z navbatida shaharda turizmni rivojlanishiga, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratilishiga hamda shahar budjetini oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari Angrendagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy innovatsiyalarni olib kelishda tegishli ko‘rsatmalar berish maqsadida “Tadbirkorlar assotsiatsiyasi”ni tashkil etish taklifini ham bilidirishdi. Taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, mazkur assotsiatsiyaning jamoatchilik asosida faoliyat yurutuvchi raisi lavozimiga shahar Kengashi deputati R.Davlyatovning nomzodi ma’qullandi.

Yig‘ilishda bildirilgan takliflar umumlashtirilib, partiya deputatlik guruhi va shahar Kengashining 2018 yilda amalga oshiradigan chora-tadbirlar rejasiga kiritildi va tasdiqlandi.

Muqaddam Norboyeva,

O‘zLiDeP Angren shahar Kengashi risining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    765
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+