Murojaatnomani o‘rganishga bag‘ishlandi

10.01.2018, 18:40

Murojaatnomani o‘rganishga bag‘ishlandi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganish va uni partiya elektorati va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov “Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan ustuvor vazifalar hamda undan kelib chiqadigan partiya hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida” ma’ruza qildi. Tadbir ishtirokchilari  davlat va jamiyat qurilishi tizimi takomillashtirishning ustuvor vazifalari, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar mavzuida ma’ruzalar  tingladilar.

Ta’kidlandiki, ushbu Murojaatnoma mamlakatimizning porloq istiqbol yo‘lini belgilab berdi. Yurtboshimiz joriy yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berar ekan, avvalo, tadbirkorlikni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar. Zero, innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishda har bir mamlakat ilm-fanni rivojlantirishi, o‘sib kelayotgan yoshlarga puxta bilim berishga e’tibor qaratishi, tadbirkorlarning haq-huquqlarini himoyalab, ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratib berishi shart. Odamlarning hayotiy ehtiyoji va manfaatini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgan ozod yurtimizda endilikda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar ikki yilga to‘xtatildi. Investitsiyalarga keng yo‘l berish, soliq qonunchiligi va bojxona tekshiruvlari yengillashtiriladi. Bu esa aholi bandligi va farovonligini  yanada oshirishning muhim omilidir. Ayni shu vazifalarni bajarishda samarali deputatlik nazorati nihoyatda muhimligini partiya faollari va deputatlari chuqur anglab yetishlari, faoliyatlarini yanada jonlantirishlari zarurligi aytib o‘tildi.  

Tadbir so‘ngida Murojaatnoma asosida O‘zLiDeP tizimida amalga oshirilishi belgilangan kompleks chora-tadbirlar dasturida ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalarni bajarish borasida amaliy takliflar  ishlab chiqilib, uni partiya elektorati va keng aholi qatlami orasida targ‘ib qilish borasida partiya faollari va deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+