Prezident Murojaatnomasi O‘zLiDeP faoliyatini jonlantirib yubordi

10.01.2018, 18:50

Prezident Murojaatnomasi O‘zLiDeP faoliyatini jonlantirib yubordi

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashida “Siyosiy ta’lim markazi” tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi O‘zLiDePning hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar, Namangan, To‘raqo‘rg‘on va Uychi tuman Kengashlari rais va rais o‘rinbosarlari, mahalliy Kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari va OAV vakillari qatnashdilar.

O‘quv-seminarda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar, xususan “faol tadbirkor” tushunchasini keng targ‘ib qilish, jamiyatda ayollarning siyosiy faolligini oshirish, uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash va partiya imijini yanada ko‘tarish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga tadbir davomida 2018 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha soxalardagi ustuvor yunalishlari haqida atroflicha so‘z yuritilib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘quv-seminar qizg‘in bahs munozaralarga boy o‘tdi. Tadbir davomida partiya tomonidan belgilab olingan dolzarb vazifalar bilan bir qatorda, partiya faollarining taklif va tavsiyalari keng muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga anketa-savolnoma tarqatildi va har bir ishtirokchidan tashkil etilgan o‘quv-seminar bo‘yicha fikr-muloxazalari olindi. Mazkur mavzudagi o‘quv-seminarlar viloyatning boshqa tumanlarida davom etmoqda.

A.RAHMANOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

huzuridagi “Siyosiy ta’lim markazi” rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1519
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+