O‘zLiDeP sayyor qabulida 10 muammo hal etildi

10.01.2018, 18:59

O‘zLiDeP sayyor qabulida 10 muammo hal etildi

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan shaharning Farg‘ona, Oqariq, Nafosat va Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal muammolar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganish natijasida mazkur hududlarda toza ichimlik suvi taqchilligi, tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlar hamda yo‘l belgilarini o‘rnatish va ko‘chalarni asfaltlashga oid muammolar borligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat va shahar Kengashi hamkorlikda xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, aniqlangan muammolar va boshqa masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari, shahardagi ijro hokimiyatining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda hudud aholisi tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan muammolar – aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq muammolar, oqava gaz yetkazib berishdagi mavjud kamchiliklar haqida so‘z bordi.

Sayyor qabulda barcha murojaatlar ko‘rib chiqildi. 10 muammo sayyor qabul davomida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, ijrosi nazoratga olindi.

 A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+