Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi faoliyatining bosh mezonidir

11.01.2018, 15:25

Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi faoliyatining bosh mezonidir

Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilab olingan ustuvor vazifalarni bajarish va O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2018 yildagi rejalarni belgilab olish Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminarning bosh mavzusiga aylandi.

Unda O‘zLiDeP xodimlari, partiya deputatlik guruhi a’zolari, Xorazm viloyat Prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

O‘quv-seminarda J.Qurbanov, B.Ro‘zmetov, I.Abdullayevlar “2018 yilda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari”, “Qonun ustivorligini ta’minlash va sud – xuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” kabi mavzularida ma’ruza qildilar. Notiqlar o‘z ma’ruzalarida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish, bu sohada, ayniqsa, yosh tadbirkorlar, fermerlar va deputatlar ishtirokini kengaytirish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan kafolatlash O‘zLiDePning ustuvor vazifasi ekaniga alohida e’tibor qaratishdi.

Interfaol usulda tashkil etilgan mazkur o‘quv-seminarda ishtirokchilarning bildirgan taklif va mulohazalari keng tahlil qilinib partiyaning ish rejasi tasdiqlandi.

 Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+