Deputatlik guruhlari tadbirkorlarga ko‘mak beradi

11.01.2018, 15:30

Deputatlik guruhlari tadbirkorlarga ko‘mak beradi

Muzrobot tuman Agroservis kasb-hunar kollejida O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi toshabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi O`zLiDePning hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro ochiq muloqot va bahs-munozara  ruhida o‘tgan seminarda dastlab, murojaatnomaning mazmun - mohiyati va unda ilgari surilgan g‘oyalar xaqida ma’lumot berilar ekan, jumladan, joriy 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb nom berilishining o‘ziga xos jihatlari  hamda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish shuningdek, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida fikrlar bildirilib kelgusidagi partiya oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.  

Seminar davomida 2018 yilda partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va fermerlar bilan yanada yaqinroq munosabat o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib,  mavjud muammo va takliflar yuzasidan har bir hududning iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda mahalliy Kengashlardagi  deputatlar orqali ularga amaliy yordam berish, berilgan taklif va mulohazalarini Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish  asosida hal etish kabi vazifalar belgilab olindi.

Murod EShNAZAROV

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1789
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+