Lola Ismoilova tadbirkorligini qayta boshlamoqchi

11.01.2018, 16:25

Lola Ismoilova tadbirkorligini qayta boshlamoqchi

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamalakatimizdagi barcha fuqarolar kabi chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlarni ham befarq qoldirmadi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi “Ayollar kanoti” tomonidan Oltinsoy tumani Vaxshivor mahallasida o‘tkazilgan davra suhbatida asosiy e’tibor mazkur Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga qaratildi.

Unda so‘z olgan mahalla faollari va tumandagi faol tadbirkor xotin-qizlar 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tadbirkorlik sohasidagi yaratilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va imkoniyatlar xaqida fikr yuritib, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni tadbirkorlik bilan shug‘illanishlariga da’vat etdilar.

—Bugungi tadbirda Muxtaram Prezidentimizning Murojaatnomasida e’tirof etilgan fikr-mulohazalarni tinglab qisqa vaqt ichida jamiyatimizda barcha sohalarda katta islohatlar amalga oshirilganligini hamda kelgusida bundanda ulkan rejalar belgilab olinganligini, ayniqsa, tadbirkorlik uchun bir qator qulayliklar yaratish belgilab berilganligi bizni juda ham quvontirdi,  - deydi Lola Ismoilova. —Sababi, bundan bir necha yil avval soliq to‘lovlaridagi muammolar sabab tadbirkorlik faoliyatim to‘xtab qolgan edi. Endi Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan xar hil turdagi sumka tikishni yo‘lga qo‘ymoqchiman.  Nasib bo‘lsa bu yil 7 ta ish o‘rni yarataman.

Tadbir davomida Murojatnomada e’tirof etilgan fikrlardan kelib chiqib, mahallada kichik biznes va tadbirkorlikni yanada takomillashtirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 P.S. Bu kabi tadbirlar vohaning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1272
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+