Tomorqa - koni xazina

02.11.2017, 17:16

Tomorqa - koni xazina

Uychi tumanida “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlikni boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida namunali ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi mavjud 75 ta boshlang‘ich partiya tashkilotining xar biriga beshtadan  ana shunday oila biriktirilgan. 

Quyi bo‘g‘in faollari hamda tuman kengashi deputatlari oilalar vakillari bilan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, tomorqalardan unumli foydalanish, tijorat banklari kreditlaridan foydalanish va shu yo‘l bilan daromadlarini ko‘paytirish haqida suhbatlar o‘tkazishmoqda. Jumladan, yaqinda O‘zLiDeP  viloyat Kengashining BPTlar bilan ishlash bo‘limi rahbari Erkinjon Ahmedxodjayev, tuman kengashi deputati O.Anorboyev, tuman kengashi apparat raxbari Sh.Kamalovlar “Vodiygaz ta’minoti” korxonasi boshlang‘ich partiya tashkilotiga birktirilgan Botirjon Tolibboyev xonadonida bo‘lishdi. U o‘z tomorqasida issiqxona tashkil qilib, 20 tup hosildor limon ko‘chatini ekibdi. Ko‘chatlarni parvarishlash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu yumushlar bilan oiladagi ikki kishi band ekan. Suhbatdan ma’lum bo‘ldiki, oila a’zolari  boshlagan bu ishlaridan o‘zlari ham mamnun.

Partiya faollari Dilmurod Qirg‘izov xonadonidagi tomorqasida ham bo‘lishib, u yerda pomidor, piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi kabi mahsulotlar yetishtirilmoqda. Xonadon sohibining ta’kidlashicha, partiya faollarining maslahati va amaliy ko‘magi bilan boshlangan bu ishlar farzandlarida mehnatsevarlik, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.  

Erkinjon Axmedxodjayev,

O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi

BPTlar bilan ishlash gurux rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2211
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бимуратов Даулетбай - ЎзЛиДеП ҚР Кенгаши бўлим мудири2018-05-15 17:12:11

Президентимизнинг Марказий Осиёда ўзаро ҳамкорлик ва яхши қўшничиликни мустаҳкамлаш бўйича олиб бораётган ишлари ўзининг самарали натижаларини бермоқда. Қўшни давлатлар билан алоқалар янада ривожланмоқда.


O`zLiDeP Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби С.Холматова 2018-05-05 16:21:15

Тожикистон Республикаси ўртасида ярдош дўстлик ҳамда яхши қўшниликни мустаҳкамлаш тўғрисидаги Қўшма баёнот, Ўзбекистон – Тожикистон давлат чегарасининг очилиши мени жуда қувонтирди. Шунинг баробарида савдо, иқтисодиёт, инвестиция, молия, транспорт ва транзит, қишлоқ хўжалиги, сув-энергетика, солиқ, божхона, туризм, фан-таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, хавфсизлик ва жиноятчиликка қарши курашиш соҳаларидаги ҳамкорлик ҳамда ҳудудлараро алоқаларни ривожлантиришга доир 27 ҳужжат имзоланганлиги икки давлат келажаги учун хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+