O‘zLiDeP Mavluda Shodmonovaga imtiyozli kredit olib berishga ko‘maklashadi

12.01.2018, 17:12

O‘zLiDeP Mavluda Shodmonovaga imtiyozli kredit olib berishga ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi Mirzacho‘l tumanida “Tadbirkor ayol – yurt tayanchi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazdi.

Tadbirda tumandagi tajribali tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan opa-singillarimiz ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkor va fermer xotin-qizlarni birlashtirish, ularning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy savodxonligini oshirish va faoliyatlarida uchrayotgan muammolarni ijobiy hal etishdan iborat edi.

– Ipak yo‘li mahallasida yashaymiz, – deydi tadbirda ishtirok etgan Mavluda Shodmonova –Turmush o‘rtog‘im nogiron, o‘zim esa ishsizman. Mahallamizda ancha paytdan buyon foydalanilmay turgan bino bor. Bir-ikki xonasini ijaraga olib, ko‘rpa-to‘shak tikib sotishni yo‘lga qo‘ysam, nafaqat o‘zim uchun, balki men kabi ishsiz ayollar uchun ham ish o‘rni yaratgan bo‘lardim. Buning uchun bank kreditiga ehtiyojimiz bor.

Mazkur murojaatni O‘zLiDeP tuman Kengashining ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari S.Azimova o‘rganib chiqib, tez orada ijobiy hal etishga va’da berdi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish