Milliy armiyamiz – bizning iftixorimiz va g‘ururimiz!

12.01.2018, 19:55

Milliy armiyamiz – bizning iftixorimiz va g‘ururimiz!

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Samarqand birlashgan texnika maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, erishilgan barcha yutuqlarimiz zamirida tinchlik va osoyishtalik mujassam ekanligini alohida ta’kidladilar.

Mustaqillik yillarida milliy armiyamizni jangovar tayyorgarligi, Qurolli Kuchlarimizni mudofaa qudrati va jangovar salohiyatini oshirish, armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

 – Milliy armiyamiz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat va matonat maktabiga aylandi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mehroj Usmonov. – Yoshlarimizning harbiy xizmatga, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan   intilishi kuchaydi.

Tadbirda davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish, Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har birimiz uchun muqaddas burch ekani alohida e’tirof etildi.

 Nasiba MO‘MINOVA,

O‘zLiDeP Samarqand  viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3603
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+