O‘zLiDeP faollari Davlat dasturi loyihasiga o‘z takliflarini bildirdi

13.01.2018, 14:51

O‘zLiDeP faollari Davlat dasturi loyihasiga o‘z takliflarini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabrdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va tehnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan Davlat dasturi loyihasi joriy yil 10-15 yanvar kunlari xalq muhokamasiga qo‘yildi.

Ayni kunlarda ushbu Davlat dasturi loyihasi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari majlislarida keng jamoatchilik, hususan davlat tuzilmalari, mahalla faollari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida keng muhokama qilinmoqda va natijada Davlat dasturi loyihasiga taklif va tavsiyalar taqdim etilyapti.

Mazkur muhokamalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha tizimida ham partiya faollari, deputatlar, tadbirkor va fermerlar ishtirokida keng tarzda o‘tkazilmoqda. Unda Davlat dasturi loyihasiga O‘zLiDeP yo‘nalishi va g‘oyalaridan kelib chiqib, avvalo aholi va partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiluvchi qator takliflar bildirilyapti.  

Kuni kecha O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashida o‘tkazilgan ana shunday qizg‘in muhokamalardan birida Davlat dastur loyihasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishining 3.4 - Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bandida qayd etilgan vazifalarga alohida ahamiyat qaratilib, qator takliflar ilgari surildi. Xususan:

- fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridagi tuproq unumdorligini oshirish, ekinlarning kasallanishini oldini olish hamda zararkuranda hasharotlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida har bir shahar va tumanlarga o‘simlikshunoslik va tuproqshunoslik ilmiy-laboratoriya markazlarini tashkil etish;

- fermer xo‘jaliklarida yetishtirtirilayotgan mahsulotlarni sotishda qulayliklar yaratish va erkin savdoni amalga oshirishda ko‘mak berish;

- fermer xo‘jaliklarini davlat buyurtmasidan tashqari 10 foiz yer maydonida turli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish xuquqini amaliyotda qo‘llash tizimini takomillashtirish;

- qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida fermer xo‘jaliklari ishchi - a’zolarini doimiy ish va ish xaqi bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish shular jumalasidandir.

Muhokamalarda qayd etilganidek, har bir xududning o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda uchrayotgan muammolarni hal etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini qiynayotgan masalalarni xal qilishda Davlat dasturi loyihasini keng xalq muhokamasiga qo‘yilgani o‘z samarasini beradi.

A.Otaboyev,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1199
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+