Tomorqa ortidan ro‘zg‘or farovon

20.10.2017, 17:20

Tomorqa ortidan ro‘zg‘or farovon

Voha aholisi o‘rtasida tomorqadan samarali foydalanish borasida kattagina tajriba yaratilgan. Hovlisida bo‘sh yer bo‘lgan odam borki, ekin ekadi. Mahsulot yetilgach, undan dehqonning oila a’zolari bahramand bo‘ladi. Ortgani bozorga. Natijada oilaga qo‘shimcha daromad kiradi. Shuning uchun ham ayni kunlarda bozorlarimizda to‘kin-sochinlik.

 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat va tuman Kengashlari tashabbusi bilan joylarda aholi tomorqasida yetishtiriladigan meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish, tashish, saqlash, qayta ishlash, eksportchi korxonalarga sotish kabi tadbirlarni amalga oshirish borasida kerakli maslahat, tavsiyalarning berilayotgani shahar va tuman aholisining tadbirkorlikning mazkur yo‘nalishida faoliyat olib borishiga turtki bo‘layapti. 

Jumladan, O’zLiDeP faollari Shahrisabz tumanida aholi xonadonlarining tomorqa maydonlaridan samarali foydalanishi maqsadida Zingiron MFY hududida bo‘lishdi. Unga ko‘ra, hududda jami 577 ta aholi xonadoni mavjud bo‘lib, ularning aksariyati o‘rganildi. Bo‘sh turgan tomorqa yer egalariga zarur ko‘rsatmalar berildi. Bo‘shagan tomorqa yerlariga kuzgi sabzi, sarimsoq piyoz, piyoz va kartoshka hamda ko‘katlar ekish borasida tavsiyalar berildi.    

  Koson tumanida 2017 yilda shaxsiy tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha O`zLiDeP Koson tuman Kengashi xodimlari tuman hokimligi qoshidagi ishchi guruh a’zosi sifatida biriktirilgan xonadonlardan 62 ta xonadonda bo‘lib, aholiga shaxsiy tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berib bordi. Xonadonlarga sabzavot va poliz ekinlari ekish, mevali daraxtlar o‘tqazish va issiqxonalar tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlaridan foydalanildi, urug‘ olish hamda sug‘orish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratish, yaqindan yordam berish choralari belgilandi.

Qayd etish joiz, O`zLiDeP tumanlar Kengashlari tomonidan aholi xonadonlarida nafaqat o‘rganish o‘tkazilmoqda, balki ularga tomorqadan unumli foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni samarali tashkil etish, soliq imtiyozlari, bank kreditlaridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar, uyushmagan yoshlar qatlami bilan ishlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayapti.

 O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2009
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+