Taxtako‘pirning eng chekka ovullarida kasanachilik sexlari tashkil etiladi

13.01.2018, 16:31

Taxtako‘pirning eng chekka ovullarida  kasanachilik sexlari tashkil etiladi

O‘zLiDeP Taxtako‘pir tuman Kengashida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini partiya faollari va xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari tuman Kegashi deputati I.Nurseytov nutq so‘zlab, Prezidentimiz Murojaatnomasi mamalakatimiz tarixida ulkan siyosiy  voqea bo‘lib, har birimizda kelajakka ishonch bilan qadam tashlashga, yanada yuqori marralarni egallashga bo‘lgan jasoratni o‘yg‘otgani va eng muhimi, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarning hayotimizda nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini teran anglashimizga turtki bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 2018 yilga Yurtboshimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llav-quvvatlash yili” deb nom berilishi partiyamiz oldiga ulkan vazifalarni qo‘yishi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, xalqimizning farovon turmushi, aholi manfaatlarini himoya qilish va uning hayotiy ehtiyojlarini ta’minlashdek ezgu maqsadni amalga oshirishda tadbirkorlarga qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilgani haqida ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha qator amaliy takliflar bildirildi. Ulardan “Mustaqillik” MFY maslahatchisi N.Daniyarovaning eng chekka ovullardan  kasanachilik sexlarini tashkil etish  haqidagi taklifi tuman ma’sullari tomonidan maqullandi.

Tuman chorvachilikka ixtisoslashganligini hisobga olib, bu yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalarning ijrosi  deputatlarimiz tomonidan nazoratga olinishi va ishsiz ayollarni yangidan tashkil etilgan chorvachilik xo‘jaliklariga ishga joylashtirish va endi ish boshlayotgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar olishida yaqindan yordam berish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida Prezidentmizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini partiya elektorati va keng aholi qatlami orasida targ‘ib qilish borasida partiya faollari va deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

OzLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+