“Ayollar qanoti” loyihalari doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi

13.01.2018, 16:51

“Ayollar qanoti” loyihalari doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi

O‘zLiDeP Muborak tuman Kengashi tashubbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi O‘zLiDePning hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Amaliy muloqotni O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi, partiya deputatlik guruhi rahbari Panji Jalilov olib bordi. Deputatlar, quyi bo‘g‘in  yetakchilari va partiya faollari ishtirok etgan tadbirda Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan ustuvor vazifalarni bajarishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z bordi. Xususan, tumanda xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sustligi, ular o‘rtasida “faol tadbirkor” tushunchasini targ‘ib qilish ishlari talabga javob bermasligi tanqid qilindi.    

– Tumanimizda juda ko‘p ishsiz xotin-qizlar bor, – deydi partiya Muborak tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vera Suyarova. – O‘tgan yil davomida bizga qirqdan ortiq xotin-qiz ish so‘rab murojaat etdi. Ular faqat tumandagi yirik sanoat korxonalariga ishga kirishni istaydilar. Bu korxonalarda esa bo‘sh ish o‘rni yo‘q. Biz ularni tadbirkorlikka yo‘naltirishga harakat qildik. Bu yil ham partiyamiz “Ayollar qanoti” loyihalari doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini yanada oshirishga harakat qilamiz.

Qizg‘in bahs-munozalar ostida o‘tgan amaliy muloqotda Murojaatnomani o‘qib-o‘rganish va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishda  barcha partiya faollari mas’ul ekanliklari ta’kidlandi va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

         O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1972
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Равшанов Шерзод Тўйчиевич O‘zLiDeP Қарши туман Кенгаши ходими.2018-05-08 13:14:01

Юртимизда тадбиркорлар сони қанча кўп бўлса, давлатимиз шунча қудратли бўлади.


Fikringizni qoldiring

+