Vatan himoyasi – eng oliy sharaf

13.01.2018, 16:56

Vatan himoyasi – eng oliy sharaf

O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari tashkil etilganining  26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nukus temir yo‘l va transport kolleji va Nukus avtoyo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zLiDeP Qoraqalpog‘istan Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog‘istan Respublikasi Mudofaa boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugi va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 10 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida to‘htalishdi.

—Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib bo‘lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi, bu esa o‘tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, to‘planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun hayotning o‘zi ilgari surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etayotganligini aytib o‘tdi, - deydi  O’zLiDeP Qoraqalpog‘istan Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov. —Shu asosda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashni O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan. Strategiyaga binoan 2017 yilda boshqa sohalar qatorida harbiy qurilish borasida ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilib, qisqa muddatda bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Tadbir davomida yoshlar Qurolli Kushlarimiz tarkibi va Vatan himoyachilarining mardonavor ish faoliyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha vakillaridan batafsil javob olishdi.

 
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+