Vatan himoyasi muqaddas burch

13.01.2018, 17:01

Vatan himoyasi muqaddas burch

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan viloyatida ham ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Go‘zal va betakror diyorimiz gullab yashnashi, yanada taraqqiy topishi, farzandalarimiz bag‘rimizda emin-erkin o‘sib-ulg‘ayishi ham, avvalo,  yurtimizning tinchligiga bog‘liq. Shunday ekan, bu o‘z navbatida, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida ulkan isloxotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv ayni shu masalalar targ‘ibotiga bag‘ishlandi.

Namangan shahridagi 65255 harbiy  qismda tashkil etilgan uchrashuvda partiya “Yoshlar qanoti” faollari va tadbirkorlar, harbiylarni bayram bilan qutlab, tadbir tashkilotchilari mamlakatimizda mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritishdi.

—Haqiqatdan ham bugun bizning oldimizda katta mas’uliyat turibdiki, yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash  masalalariga aloxida e’tibor qaratishimiz lozim – deydi, 65255 harbiy qism komandir o‘rinbosari mayor Faxriddin Qodirov. —Harbiy xizmatchilarni har tomonlama sog‘lom va chidamli, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh bera oladigan qilib tarbiyalashni bugun zamonning o‘zi taqozo etmoqda.

Tadbir yakunida bir guruh harbiylarga O‘zLiDeP viloyat Kengashining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Musoxon Yusupjonov,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1887
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+