Yangiyo‘l va Bo‘stonliq kichik sanoat zonalari bo‘yicha 30 ta deputatlik so‘rovlari yuborildi

13.01.2018, 17:15

Yangiyo‘l va Bo‘stonliq kichik sanoat zonalari bo‘yicha 30 ta deputatlik so‘rovlari yuborildi

Partiya xodimlari malakasini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv ishtirokchilari – O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashidagi deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Raxmonqulov, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi N.Sheraliyev hamda O‘zLiDeP Yangiyo‘l tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari M.Mirzaxanovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 15 avgustdagi “2017 yilda Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan kichik sanoat zonasini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida Prezidentimiz Farmoniga asosan kichik sanoat zonasiga tavsiya etilgan 15 ta loyihani amalga oshirish jarayoni tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Kichik sanoat zonasining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddi idoralarga 16 ta deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘quvda O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Partiya viloyat Kengashi deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Q.Hamrayev, deputalik guruhi ijrochi kotibi Q.Sherov, O‘zLiDeP Bo‘stonliq tumani Kengashi raisining o‘rinbosari – apparat rahbari M.Fattaxov, O‘zLiDeP Bo‘stonliq tumani Kengashi ijrochi kotibi I.Azimetov, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari U.Tursunboyev va M.Jo‘rayevlar ishtirokida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi.

Ta’kidlash kerak, o‘tgan yil Bo‘stonliq tumani Iskandar qo‘rg‘onida joylashgan “Sanoatuyenergoqurilish” UK ga qarashli 3,34 ga yer maydoni va Bo‘stonliq tumani Barraj hududida joylashgan “G‘azalkent oyna” AJ ga qarashli 14,4 ga yer maydonida “Bo‘stonliq kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DUK faoliyatini boshlagan edi.

Kichik sanoat zonasida asfaltobeton mineral kukunlari, ohak, gazbeton va betonoblok, yuqori kuchlanishli elektrotexnika uskunalari, jumladan transformatorlar hamda marmar va granit toshlarini ishlab chiqarish kabi korxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. 

O‘quv ishtirokchilari kichik sanoat zonalarida ish boshlashi kerak bo‘lgan bu kabi korxonalarni ish boshlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mavjud muammolar xususida tuman prokurori, tuman DSI boshlig‘i, “Suvoqava” korxonasi direktori, “Elektr tarmoqlari” korxonasi rahbari, “Milliy bank” G‘azalkent filiali boshqaruvchisi, hamda Toshkent viloyati savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovlari yuborishdi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1947
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+