Milliy armiyamiz – jasorat maktabi

15.01.2018, 14:57

Milliy armiyamiz – jasorat maktabi

O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi tomonidan 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi shahridagi 10-329 harbiy qismda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar,  qo‘lga kiritayotgan barcha yutuqlarimiz zamirida tinchlik va osoyishtalik mujassam ekanini alohida ta’kidladilar. Mustaqillik yillarida milliy armiyamizni jangovar tayyorgarligi, Qurolli Kuchlarimizning mudofaa qudrati va jangovar salohiyatini oshirish, armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani alohida qayd etildi.

– Milliy armiyamiz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat va matonat maktabiga aylandi, – deydi O‘zLiDeP Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Mo‘minov – Yoshlarimizning harbiy xizmatga, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan   intilishi kuchaydi.

Tadbirda davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish O‘zLiDePning ham ustuvor vazifasi ekani e’tirof etildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1713
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+