Murojaatnoma mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda 30 dan ortiq taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi

15.01.2018, 17:15

Murojaatnoma mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda 30 dan ortiq taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi

Kuni kecha O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi yuzasidan keng aholi qatlami hamda turli soha mutaxassislardan taklif va tavsiyalar olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Qahramon Ergashev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.  

Unda O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparati, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyat Fond birjasi, Xususiylashtirish, investitsiya fondi, Qarshi shahar kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya elektorati vakillari va yoshlar qatnashdilar.

Tadbirda Murojaatnoma yuzasidan partiyamiz faollarining turizmni rivojlantirish sohasidagi takliflari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida shuningdek, Qarshi shahar kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning muammolari ham keng muhokama etildi va 30 dan ortiq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1381
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+