Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun imkoniyat kengaydi
02.08.2020, 16:24

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda suv ta’minotidagi qiyinchiliklar tufayli tomorqa yerlaridan samarasiz foydalanilayapti. Bu muammoni hal etish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 30 iyundagi PQ-4767 sonli qarori bilan aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million so‘mdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratish mexanizmi joriy etildi. Bunda artezian qudug‘i kamida 30 ta aholi tomorqasiga xizmat qilishi nazarda tutiladi.
Bu borada tegishli tartib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Endilikda O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 aprel va 1 avgustga qadar suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2020-2021 yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan hamda 2022 yildan boshlab O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri o‘rinbosari,
O'zLiDeP fraksiyasi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va rag‘batlar
21.01.2021, 10:18
-
Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori
09.12.2020, 10:28
-
Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
02.12.2020, 16:29
-
Qoraqalpoq xalqi hayotining real yaxshilanishiga erishish – asosiy maqsadimiz
12.11.2020, 09:20
-
Yashirin iqtisodiyot: unga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir
04.11.2020, 10:33
Fikringizni qoldiring