Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yoshlarning muhokama markazida

16.01.2018, 15:37

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yoshlarning muhokama markazida

Farg‘ona davlat universitetida O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, “Yoshlar qanoti” faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida qayd etilganidek, partiya tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlarning taklif va mulohazalarini e’tiborga olish, talaba va o‘quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirishda vakillik organlarining imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlar ishtirokini ta’minlash, deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyat yaratib berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida talaba yoshlarning Murojaatnoma bo‘yicha 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risidagi savollariga javob qaytarildi.

Tadbir yakunida partiya a’zoligiga qabul qilingan bir guruh yoshlarga partiya guvohnomalari tantanali topshirildi.

A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+